Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim korxonalarga jami 51,1 mlrd so‘m soliqlari qaytarildi

Ayrim korxonalarga jami 51,1 mlrd so‘m soliqlari qaytarildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va biznesning soliq yukini yengillashtirish maqsadida ayrim sohalarga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi qaytarilmoqda. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 4-may holatiga ayrim korxonalarga jami 51,1 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Eng katta summa umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 685 ta umumiy ovqatlanish korxonasiga 36,8 mlrd so‘m qaytarildi. Shuningdek, 215 ta zargarlik korxonasi 10,6 mlrd so‘m QQS kompensatsiyasini olgan.

Mehmonxona va turizm sohasida ham qator tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, 114 ta mehmonxonaga 2,3 mlrd so‘m, 16 ta turoperatorga esa 325 mln so‘m QQS mablag‘i qaytarilgan.

Mazkur mexanizm turizm, umumiy ovqatlanish, chorvachilik, parrandachilik va zargarlik sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 28 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaligiga ham 1,1 mlrd so‘m QQS qaytarib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring