Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 6 nafar top-bloger 2,7 mlrd so‘m daromad olgan

O‘zbekistonda 6 nafar top-bloger 2,7 mlrd so‘m daromad olgan

Soliq qo‘mitasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha blogerlar faoliyatini tahlil qildi. Unga ko‘ra, 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger yil davomida jami 2,7 milliard so‘m daromad olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu blogerlar 2025-yilda 360 ta storis va 184 ta reklama posti joylashtirgan. Rasmiy hisobotlarga asosan, ular budjetga 110,4 million so‘m soliq to‘lagan.

Tahlil doirasida eng faol 110 nafar bloger faoliyati o‘rganilgan.

Ulardan:

  • 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs,
  • 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor,
  • 22 nafari esa jismoniy shaxs sifatida faoliyat yuritmoqda.

Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, bu holat blogerlar faoliyati ko‘lami bilan ularning huquqiy maqomi o‘rtasida ma’lum nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi.

Uchrashuv davomida blogerlarga reklama orqali olinayotgan daromadlarni soliqqa tortish tartibi tushuntirildi. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi qayd etildi. Amalda esa ayrim blogerlar administrator va yordamchilarni jalb qilayotgani aniqlangan.

Mutaxassislar blogerlar faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish, daromadlar shaffofligini ta’minlash va huquqiy savodxonlikni oshirish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring