Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank islomiy bank faoliyati uchun normativ bazani yangiladi

Markaziy bank islomiy bank faoliyati uchun normativ bazani yangiladi

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish bo‘yicha huquqiy asoslar yanada takomillashtirildi. Markaziy bank qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, o‘zining 8 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritdi. Hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan o‘zgartishlar bank tizimining qator muhim yo‘nalishlarini qamrab olgan. Jumladan:

  • tijorat banklarining likvidligini boshqarish;
  • korporativ boshqaruv tizimi
  • bir qarz oluvchi va o‘zaro bog‘liq qarz oluvchilar bo‘yicha tavakkalchilikning eng yuqori me’yorlari;  
  • banklarning ichki audit tizimi;  
  • bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi
  • kafolatlar berish tashkilotlari faoliyati;  
  • Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash;  
  • bank kapitali monandligiga qo‘yiladigan talablar.  

Yangi tahrirga ko‘ra, mazkur sohalardagi normalar endi islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklariga ham tatbiq etiladi.

Shuningdek, normativ hujjatlarga islomiy moliya sohasiga oid bir qator yangi tushuncha va talablar kiritildi. Ular orasida:

  • islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya;
  • islomiy moliya operatsiyalari va standartlari;
  • investitsiyaviy omonat (depozit);
  • islomiy moliya vositalari;
  • moliyalashtirish siyosati va portfeli;
  • bankning Islomiy moliya kengashi faoliyatiga oid normalar mavjud.

Markaziy bankning qayd etishicha, mazkur o‘zgartishlar mamlakatda islomiy moliya xizmatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish, banklar uchun yagona va aniq me’yorlarni belgilash hamda ushbu yo‘nalishdagi moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring