O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan sotib olmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning import hajmi 16,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 26,7 foizga oshgan. Hisobot davrida mamlakat 150 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qildi.
Import tarkibida Xitoy eng yirik hamkor sifatida saqlanib qoldi. To‘rt oy davomida ushbu davlatdan 5,3 mlrd dollarlik mahsulot va xizmatlar olib kirilgan. Ikkinchi o‘rinni 3,1 mlrd dollar bilan Rossiya egalladi. Qozog‘iston esa 1,4 mlrd dollarlik import hajmi bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Import hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Koreya Respublikasi va Turkiya qayd etilgan. Koreya Respublikasidan 620,9 mln dollarlik, Turkiyadan esa 559,2 mln dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilingan.
Hindistondan import hajmi 369,7 mln dollarga yetgan bo‘lsa, Birlashgan Arab Amirliklari hissasi 361,1 mln dollarni tashkil qildi. Germaniyadan 359,2 mln dollarlik mahsulot olib kirilgan.
Shuningdek, Belarus 274,8 mln dollar, Turkmaniston esa 262,2 mln dollarlik import hajmi bilan O‘zbekistonning eng yirik o‘nta hamkori qatoriga kirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter