O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ma’lum qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda jami 235 ming 794 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 ming donaga ko‘paygan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar orasida eng katta ulush «Cobalt» rusumi hissasiga to‘g‘ri keldi. Hisobot davrida ushbu modeldan 82 ming 951 dona ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, mamlakatda «Damas» rusumidan 42 ming 663 dona, «Tracker»dan 23 ming 249 dona, «Onix»dan esa 18 ming 715 dona avtomobil konveyerdan chiqqan.
Hisobotda xorijiy brendlar ishlab chiqarishi ham qayd etilgan. Jumladan, olti oyda «KIA» rusumidagi 15 ming 184 dona, «BYD» rusumidagi 13 ming 405 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, «Haval» avtomobillari ishlab chiqarishi 5 ming 61 dona, «Chery» rusumi esa 4 ming 384 donani tashkil etgan.
Bundan tashqari, 600 dona «Chevrolet Damas Move» hamda 29 ming 582 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter