O‘zbekistonga eng ko‘p mol go‘shti Hindistondan olib kelinmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 359,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 72 ming tonna mol go‘shti import qilingan.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6 ming tonnaga, ya’ni 9,1 foizga ko‘pdir.
Hisobot davrida O‘zbekistonga eng ko‘p mol go‘shti yetkazib bergan davlat Hindiston bo‘lib, uning ulushi 33,9 ming tonnani tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Belarus — 19,6 ming tonna, Qozog‘iston — 10,6 ming tonna va Pokiston — 4 ming tonna bilan qayd etilgan.
Shuningdek, boshqa davlatlar hissasiga ham 4 ming tonna mol go‘shti importi to‘g‘ri kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter