Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi
Kapital bozorida investitsiya muhiti yaxshilanadi.
«Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Prezident farmoni (PF–254-son, 18.12.2025-y.) qabul qilindi.
2030-yilgacha ushbu farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali fond bozoriga 1 mlrd AQSh dollari, shu jumladan, 5 trln so‘mlik korporativ obligatsiyalar chiqarilishi hisobiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilishga erishish;
- kapital bozori ishtirokchilarining investitsiyalari xavfsizligini kafolatlovchi mexanizmlarni joriy etish hisobiga bartaraf etiladigan huquqbuzarliklar ulushini 85 foizdan oshirish.
Farmonga ko‘ra, 2023-yil 2-sentyabrdagi PQ–291-son qarorga muvofiq kapital bozorida joriy etilgan «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi cheklanmagan muddatga amal qiladi.
Kapital bozorida Tartibga solish qumdoni doirasida quyidagi huquqlar beriladi, jumladan:
- O‘zbekistonning rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan Tartibga solish qumdoni ishtirokchisi maqomini olish;
- chet ellik ishtirokchilarga, O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarga, shu jumladan, investitsiya fondlariga ular tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga nisbatan kastodial va nominal saqlash xizmatlarini ko‘rsatish;
- emitentlarga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda o‘z kapitali miqdoridan ortiq bo‘lgan korporativ obligatsiyalarni ta’minotsiz chiqarish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter