O‘zbekistonda qutqaruvchilar kunini belgilash rejalashtirilyapti
FVV O‘zbekistonda qutqaruvchilar kunini belgilashga doir qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat loyihasida milliy va xorijiy tajribalar hamda sohaning kelib chiqish tarixini o‘rganish natijalarini, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining sohani tubdan takomillashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlari qabul qilingan kunni inobatga olib 20-oktyabrni «O‘zbekiston qutqaruvchilar kuni» deb belgilash nazarda tutilgan.
Mazkur Qonun loyihasining maqsadi Qutqaruvchilar kunini rasman belgilash va qutqaruvchi sharafli kasb ekanligini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish va soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Qonun qabul qilinishi bilan mamlakatimizda «Qutqaruvchilar kuni» rasman nishonlanadi. Mazkur kasb bayramini iqtisodiyot ob’yektlaridagi shtatdagi va shtatdan tashqari tuzilgan qutqaruv tuzilmalari xodimlari, shuningdek, qutqaruvchi – volontyorlar sinfi tomonidan ham bayram sifatida nishonlanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lumot uchun, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Ukraina, Armaniston va Koreya Respublikalarida soha vakillariga alohida e’tibor qaratilib davlat miqiyosida «Qutqaruvchilar kuni»ni kasb bayrami sifatida nishonlash joriy etilgan. Shu bilan birga xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qutqaruvchilar kasbiga bo‘lgan hurmatni e’tirof etish maqsadida 1989-yilda BMT tomonidan oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi, 2017-yildagi tegishli rezolyusiyasi bilan esa 13-oktyabr «Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni» etib belgilangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter