Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Slavyan karvoni»: Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd yo‘lga chiqdi

«Slavyan karvoni»: Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd yo‘lga chiqdi

Foto: «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ

Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashuvlarini rivojlantirish maqsadida ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, 30 iyul kuni Belarusning Orsha-Vostochnaya stansiyasidan Toshkent viloyatidagi Chuqursoy stansiyasiga yo‘l olgan «Slavyan karvoni» nomli birinchi blok-poyezd harakatni boshlagan.

71 shartli vagon uzunligidagi poyezd tarkibida yog‘ochni qayta ishlash sanoati mahsulotlari, shakar, oziq-ovqat, omixta yem va boshqa turdagi yuklar tashilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki bosqichda mazkur blok-poyezd oyiga ikki marta qatnovni amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Yangi temiryo‘l yo‘nalishi Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashish hajmini oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring