Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSning nol stavkasi joriy etildi

516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSning nol stavkasi joriy etildi

Foto: Xabar.uz

Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ro‘yxatga jami 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti kiritilgan bo‘lib, unga paxta va g‘alla kirmaydi.

Ushbu tartib O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 4-sentyabrdagi PF–153-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda QQSning «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.

Tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasi ishlab chiqaruvchilarga qaytarib beriladi.

Hujjatga ko‘ra, ushbu mablag‘lar avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi. QQS summasini qaytarish muddati uch ish kuni etib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring