Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfini tahlil etish avtomatlashtiriladi

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfini tahlil etish avtomatlashtiriladi

Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

O‘zbekistonda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtiriladi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Nizom iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibini belgilaydi.

Nizom talablari:

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini eksport va import qilish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish
va realizatsiya qilish bosqichlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Xavf darajasini tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik sub’yekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

Xavflilik darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’yektlari uch toifaga bo‘linadi:

huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yekti;

huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yekti;

huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik sub’yekti.

Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan tadbirkorlik sub’yektiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida ularga yo‘l qo‘ymaslik borasida shaxsiy kabinet orqali yozma ravishda xabarnoma (ogohlantirish) yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring