Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda qalbaki dori ishlab chiqarayotgan 3 fuqaro qo‘lga olindi

Andijonda qalbaki dori ishlab chiqarayotgan 3 fuqaro qo‘lga olindi

Foto: DXX

Andijon shahri va Asaka tumanida qalbaki dori vositalari tayyorlash bilan shug‘ullangan uch nafar fuqaro faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu DXX Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Qayd etilishicha, tekshiruvlar davomida ushbu shaxslar o‘z yashash manzillarida maxsus jihozlangan noqonuniy laboratoriyalar tashkil etgani aniqlangan. Ular qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlab kelgan.

Tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘mlik 122 turdagi, 60 ming donadan ortiq dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulotlar Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda olib kirilgan. Ularning bir qismi yarim tayyor holda, qolgan qismi esa qayta ishlangan shaklda bo‘lgani qayd etilmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring