Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugundan «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi

Bugundan «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi

Foto: Xabar.uz

2026-yil 7-avgust sanasidan «Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirdi.

Qonunda quyidagilar nazarda tutilgan:

1. O‘zbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) ko‘paytiriladigan hayvonlar identifikatsiya qilinishi hamda ro‘yxatga olinishi kerak.

2. Hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:

  • qoramol, ko‘y, echki va tuyalar – tug‘ilganidan 14 kundan keyin;
  • otlar – tug‘ilganidan 4 oydan keyin;
  • cho‘chqalar tug‘ilganidan – 1 oydan keyin;
  • itlar va mushuklar – tug‘ilganidan 3 oydan keyin.

Bunda hayvonlar ko‘rsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak.

3. Saqlash va (yoki) ko‘paytirish maqsadida O‘zbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan e’tiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.

4. O‘zbekistonda saqlanadigan va (yoki) ko‘paytiriladigan hayvonlar so‘yilgan (nobud bo‘lgan, o‘lgan, yo‘q qilingan) yoki O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda 7 kunlik muddatda hisobdan chiqariladi.

5. Vakolatli davlat organining vakili hayvon egasining murojaatiga asosan 5 ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Hujjatning rasmiy to‘liq matni bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring