Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Centrum Air yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Antaliyaga maxsus reysni amalga oshirdi

Centrum Air yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Antaliyaga maxsus reysni amalga oshirdi

Centrum Air aviakompaniyasi yangi Toshkent – Antaliya yo‘nalishi ochilishiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazish uchun Antaliyaga maxsus reys tashkil etdi. Mazkur reys bilan Turkiyaga taklif etilgan mehmonlar, jumladan, turizm sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar va OAV xodimlari yetkazildi.

27-aprel kuni Gloria Verde Resort mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan gala-kecha mavsumning asosiy turistik voqealaridan biriga aylanadi. Marosimda 200 dan ziyod mehmonlar, jumladan, Centrum Holidays’ning yetakchi turistik agentlari ishtirok etadi.

Toshkent – Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni 2026-yil 15-maydan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda parvozlar haftasiga 2-marta, 29-maydan esa har kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar 347 nafargacha yo‘lovchini tashiy oladigan, yuqori darajadagi qulaylikka ega hamda uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Barcha turlar Centrum Holidays’dan parvoz va yashash xarajatlarini o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlar shaklida taqdim etiladi. Yo‘lovchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin.

Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Dastur doirasida parvoz uchun jozibador shartlar ko‘zda tutilgan:

  • bagaj me’yori – 60 kg gacha (weight concept): umumiy vaznga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdordagi yuk o‘rinlari;
  • qo‘l yuki – 8 kg gacha;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun parvoz bepul (alohida o‘rindiqsiz);
  • 2 yoshdan 11 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan bolalar uchun tarifdan 1,2 mln so‘m chegirma beriladi.

Takliflar, mehmonxonalar va parvoz sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Centrum Holidays platformasidan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun kontaktlar:

Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880

Sayt | Instagram | Telegram

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring