Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yetti hududda tezkor tadbir: elektr bo‘yicha o‘g‘irliklar fosh etildi

Yetti hududda tezkor tadbir: elektr bo‘yicha o‘g‘irliklar fosh etildi

Foto: Xabar.uz

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. “S.U.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Sindorobod” va “Xalqobod” SIU hududlaridagi yer maydonida suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MChJ rahbari S.G. savdo kompleksida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 558,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.B.” MJCh mas’ul shaxslari va boshqalar “Beruniy” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 272,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.M.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 217,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv fuqaro I.N. baliqchilik xo‘jaligida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 112 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.M.” MChJ mas’ul shaxslari g‘isht ishlab chiqarish zavodida elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 103,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.Yu. “Shodlik” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 100,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring