Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda kichik va mikro GESlar quvvati 204 MVtdan oshiriladi

O‘zbekistonda kichik va mikro GESlar quvvati 204 MVtdan oshiriladi

O‘zbekistonda 2026–2030 yillarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 19 avgustdagi PQ–298-son qarorida belgilangan.

Qarorga ko‘ra, mamlakatda kichik va mikro GESlarning umumiy quvvati 204 MVtdan oshiriladi. Bu orqali yiliga 620 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yangi kichik va mikro GESlarni ishga tushirish hisobiga 350 mingta aholi xonadonini yiliga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsad qilingan.

Qaror bilan respublika hududlarida kichik va mikro GESlarni qurish va ishga tushirish bo‘yicha 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan dastur ham tasdiqlangan.

Hujjatda kichik gidroenergetikani rivojlantirishda raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va sohada kadrlar tayyorlashga ham alohida urg‘u berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring