Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng katta to‘liq elektrlashgan samolyot ilk marta parvoz qildi

Dunyodagi eng katta to‘liq elektrlashgan samolyot ilk marta parvoz qildi

Foto: Heart Aerospace

Heart Aerospace kompaniyasi dunyodagi eng katta to‘liq elektrlashgan samolyot — X1 (kelgusida chiqariladigan ES-30 samolyotining prototipi) parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Sinov parvozi 12-avgust kuni Nyu-Yorkda o‘tkazildi. Parvoz davomida elektr uchun taxminan 5 dollar sarflangan. Elektr dvigatellari 1 MVtdan ortiq quvvat ishlab chiqargan.

Og‘irligi 11 tonnadan oshuvchi samolyot havoda 27 daqiqa bo‘ldi. U to‘liq akkumulyatorlar orqali quvvatlandi — energiya 4 ta elektr motorga uzatildi.

ES-30 kelgusida qisqa masofaga parvoz qiluvchi, 30 yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyotga aylanishi kutilmoqda, u gibrid-elektr motorli bo‘lishi rejalashtirilgan. Ushbu samolyot United Airlines, Air Canada va JSX kabi yirik aviatashuvchilar e’tiboriga tushgan va ular birinchi xaridorlar sifatida ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring