Vazirlik Farg‘onadagi suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarni tekshiradi
Energetika vazirligi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Xabarda gaz ballonlari 100 kundan beri yetkazib berilmayotgani aytilgan.
Qayd etilishicha, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishdagi kechikishlar, ballonlarni to‘ldirish jarayoni, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda xodimlarning muomala madaniyati bilan bog‘liq barcha holatlar o‘rganiladi.
Mutasaddilarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Shuningdek, vazirlik so‘nggi oylarda hududlarda suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Fuqarolardan suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat va takliflar yuzasidan respublika bo‘yicha tashkil etilgan shtablarga murojaat qilish so‘raldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter