Litsenziyasiz «Umra» tashkil etgan kompaniya jarimaga tortildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘tkazgan tekshiruv natijasida Farg‘ona viloyatining Rishton shahrida faoliyat yurituvchi «RISHTON PARVOZ TRANS» MChJ tomonidan litsenziyasiz «Umra» tadbirini tashkil etganlik holati aniqlangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaga mazkur huquqbuzarlik uchun jarima qo‘llanilgan. «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziya talablariga rioya etilishi nazorat qilinmoqda.
«Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga belgilangan jarima miqdori BHMning 200 baravari, ya’ni 82,4 mln so‘mni tashkil etadi.
Qo‘mita fuqarolarni «Umra» ziyoratini tashkil etishda xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni tanlashga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter