Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Giyohvandlikka qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Giyohvandlikka qarshi kurashgan fuqarolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi

Hukumatning joriy yil 11 noyabrdagi 717-son qarori bilan «Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Ko‘krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1 mayga qadar taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida  tantanali vaziyatda topshiriladi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring