Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilhom Aliyev ham Toshkentga yetib keldi

Ilhom Aliyev ham Toshkentga yetib keldi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi. Oliy martabali mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida Ilhom Aliyev O‘zbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8 oktyabr kuni nishonlangan G‘alabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar faol pallaga kirgan.

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring