Yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari: ikki o‘zbekistonlik shohsupada
Ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur bellashuvninng ilk kunlarida kurash bo‘yicha ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi – Otabek Yo‘ldoshboyev va Durdona Tursunovalar o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Durdona finalda Qirg‘iziston, Otabek esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag‘lubiyatga uchratdi.
Ilk kungi bellashuvlar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Eronlik sportchilar bittadan kumush va bronza medaliga ega bo‘lgan holda ikkinchi, Qirg‘iziston esa yagona kumush medalini qo‘lga kiritib, kuchli uchlikdan joy oldi.
Bugun O‘zbekiston atletlari voleybol, gandbol, kurash va penchak silat sport turlari bo‘yicha bahslarga kirishadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter