Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy tadbirkorlik uchun davlat ko‘magi beriladi

Ijtimoiy tadbirkorlik uchun davlat ko‘magi beriladi

Tegishli qonunga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy yoki ekologik muammolarni hal etishga, shuningdek, ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb e’tirof etiladi.

Bunday faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning bir qator shakllari belgilanmoqda. Ular qatorida tadbirkorlarga imtiyoz va preferensiyalar berish, ijtimoiy loyihalar xarajatlarini subsidiyalash hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish bor.

Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, maslahat va uslubiy yordam berish ham nazarda tutilgan.

Qonunchilikka rioya qilish bilan birga barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish, shuningdek, faoliyatning inson huquqlari, atrof-muhit va jamoat manfaatlariga salbiy ta’sirini oldini olish mas’uliyatli biznes yuritish sifatida e’tirof etiladi.

Tadbirkorlik subyektining mas’uliyatli biznes yuritishi uchun asosiy mezonlardan biri inson huquqlariga rioya qilish hisoblanadi. Shuningdek, mehnat va ishlab chiqarish munosabatlarida qonunga xilof amaliyotlarga yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi.

Bundan tashqari, atrof-muhitni, xodimlar va aholi salomatligini muhofaza qilish, ekologik salbiy ta’sirlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish muhim mezon sifatida belgilangan.

Yangi tartib ijtimoiy maqsadlarni biznes faoliyati bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan. Bunda tadbirkorlik subyektlarining nafaqat iqtisodiy natijalarga, balki jamiyat va atrof-muhit oldidagi mas’uliyatiga ham e’tibor qaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring