Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarni Yaqin Sharqdagi vaziyatdan ogohlantirdi

Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarni Yaqin Sharqdagi vaziyatdan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi elchixonasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashishi ehtimoli munosabati bilan mazkur mamlakatda yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

Elchixona fuqarolarni hushyorlikni oshirishga va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Murojaatda quyidagi tavsiyalar berilgan:

  • Isroil davlat organlari, xususan, Fuqaro front orti qo‘mondonligi (Home Front Command) tomonidan berilayotgan rasmiy xabar va ko‘rsatmalarni muntazam kuzatib borish hamda ularga qat’iy rioya qilish;
  • Yashash yoki ish joyiga eng yaqin boshpana manzilini oldindan aniqlab qo‘yish;
  • Safar va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlik qilish, rasmiy cheklovlar va xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirishlarni inobatga olish;
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zi bilan olib yurish va yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lish.

Shuningdek, elchixona fuqarolardan xotirjamlikni saqlash, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va faqat rasmiy manbalar axborotiga tayanishni so‘radi.

Ma’lum qilinishicha, elchixona vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va zarurat tug‘ilgan taqdirda qo‘shimcha axborot taqdim etadi.

Favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga +972 54 485 1397 raqami orqali murojaat qilish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring