Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Issiqxona xo‘jaliklariga soliqdan ayrim imtiyozlar berildi

Issiqxona xo‘jaliklariga soliqdan ayrim imtiyozlar berildi

Prezidentning issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir PF–181-son farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini ko‘paytirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2025–2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQSh dollari, 2027-yilda 4 milliard AQSh dollariga yetkazish;
  • issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026-yilda – 620 ming tonnaga, 2027-yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish;
  • 2026-yilda qo‘shimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027-yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekishni tashkil etish.

Issiqxona xo‘jaliklari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:

  • 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2028-yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib;
  • 2025-yil 1-oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan to‘lov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028-yil yakuniga qadar uzaytiriladi. 

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring