Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi namoyishlarda fuqarolarimiz jabrlanmagan – O‘zbekiston TIV

Erondagi namoyishlarda fuqarolarimiz jabrlanmagan – O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston TIV Erondagi hodisalarga o‘z munosabatini bildirib, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Erondagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.

«Shu munosabat bilan, Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni so‘rab qolamiz», – deyiladi diplomatik idora axborotida. 

O‘z navbatida, fuqarolardan zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasining Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari so‘ralmoqda:

+982122299780
+982122832025

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring