Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyun oyi qaysi mahsulotlar arzonladi va nimalar qimmatladi?

Iyun oyi qaysi mahsulotlar arzonladi va nimalar qimmatladi?

2026-yil iyun oyida sabzi yillik hisobda eng ko‘p arzonlagan oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib, uning narxi 25 foizga pasaydi. Keyingi o‘rinlarda sarimsoq — 24,6 foiz, tarvuz — 20,8 foiz, baqlajon — 19,7 foiz va piyoz — 19,3 foizga arzonladi.

Shu bilan birga, bodring narxi 53,8 foizga oshib, eng yuqori o‘sish qayd etildi. Limon 34,6 foizga, karam 24 foizga, qo‘y go‘shti 23,1 foizga va olma 21,4 foizga qimmatlashdi.

Iste’mol narxlari indeksi savatiga kiritilgan 167 turdagi oziq-ovqat mahsulotining 150 tasida, ya’ni qariyb 90 foizida yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlari orasida yirik oshxona jihozlari 2,7 foizga arzonlab, eng katta pasayishni qayd etdi. Ovqat tayyorlash uchun kichik jihozlar 2,1 foizga, kastryullar 2 foizga, ichimlik tayyorlash jihozlari 1,9 foizga va kichik maishiy texnika 1,6 foizga arzonladi.

Eng katta qimmatlashuv propan gazida kuzatilib, uning narxi yillik hisobda 41,1 foizga oshdi. Nikoh uzuklari 23,1 foizga, gazetalar 17,5 foizga, sement 12,6 foizga va metan 10,1 foizga qimmatlashdi.

Iste’mol narxlari indeksi savatiga kiritilgan 252 turdagi nooziq-ovqat mahsulotining 232 tasida, ya’ni 92 foizida yillik narx o‘sishi 10 foizdan oshmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring