Kiberfiribgarlikda gumonlanayotgan shaxs Turkiyadan tutib keltirildi
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ilgari bir qator kiberfiribgarlik jinoyatlarini sodir etib, 10 nafardan ortiq vatandoshlar mablag‘larini o‘zlashtirib ketganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 20 yoshli Umid.Z. O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida jabrlangan fuqarolardan IIVga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek Bosh konsulxonaga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.
«So‘nggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelib tushayotgan murojaatlar soni ortayotganini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolishdan ogoh bo‘lishlarini tavsiya etamiz», – deyiladi Bosh konsulxona axborotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter