Sirdaryoda firibgar advokat qo‘lga tushdi
                                                            Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat 4500 AQSh dollari va 6 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, advokat jinoyat ishiga gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
                            
                            
                            
                    
                    
                    
                    
                    

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter