Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

10 ming «ko‘k»i bilan qo‘lga tushgan hokimning qo‘yib yuborilgani rad etildi

10 ming «ko‘k»i bilan qo‘lga tushgan hokimning qo‘yib yuborilgani rad etildi

Oliy sud matbuot xizmati bir muddat oldin tadbirkorga uy qurishi uchun yer ajratib berish evaziga undan pul ta’ma qilgan va kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtda qo‘lga olingan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi M.Xolbo‘tayevning ozodlikka qo‘yib yuborilgani haqidagi xabarlarni rad qildi. 

Idora matbuot xizmatiga ko‘ra, sobiq hokim ayni paytda Jinoyat kodeksining 167, 205, 206, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

«Joriy yilning 10 iyul kunidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ajrimi bilan M.X.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, ayni paytda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda», – deyiladi rasmiy bildiruvda.

Shuningdek, sobiq hokimga oid jinoyat ishi JIB Arnasoy tuman sudining ish yurituvida ekani, bugungi kunda ushbu jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun tayinlash bosqichida turgani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring