Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi kredit reklamalarida uni to‘lay olmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi belgilanmoqda

Endi kredit reklamalarida uni to‘lay olmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi belgilanmoqda

Surat SI yordamida yaratildi

Senatning yalpi majlisida «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida»gi Qonun ma’qullandi.

Yalpi majlisda kredit mahsulotlari reklamasi masalasi ko‘tarilib, iste’molchilar o‘z to‘lov qobiliyatini to‘g‘ri baholay olmasligi va qarz majburiyatlarini bajarmasligi moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilishi zarurligi qayd etildi.

Qonun bilan sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot ham ijtimoiy axborot tarkibiga kirishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, sohalardagi vakolatli organlar ham ijtimoiy axborotning reklama beruvchilari jumlasiga kiritilib, moliyaviy xizmatlar reklamasida mazkur xizmatlardan foydalanish va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish mavjud bo‘lishi kerakligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ta’kidlashicha, Qonun aholida sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishga hamda kredit bilan bog‘liq moliyaviy xatarlar to‘g‘risida aholining, shu jumladan tadbirkorlarning xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring