Bankni 25 mlrd so‘mga «tushirgan» shaxs aniqlandi
SI yaratgan kollaj.
Soxta hujjatlar orqali 25 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «T.K.» MChJ ta’sischisi Sh.Sh. va boshqalar tijorat banklaridan birining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan «I.» MChJ o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomaga asosan garovda bo‘lgan bino-inshootlarni soxta hujjatlar bilan takroran garovga qo‘ygan. So‘ngra Andijon viloyatidagi tijorat banklarining biridan 25 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter