Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«London post»: O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqdi

«London post»: O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqdi

Britaniyaning mashhur «London post» yangiliklar portalida O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaning yangi modeli tajribasi haqida maqola chop etildi.

Mazkur maqola O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi yangi bosqichga olib chiqqani va bunda 2,8 million aholi qamrab olinganini e’tirof etadi.

«Yangi siyosiy iroda va 2023-yilda qabul qilingan Konstitutsiya mamlakatni «ijtimoiy davlat» sifatida belgilab, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishni davlatning asosiy vazifasi etib belgiladi.

Milliy rivojlanish strategiyasi – «O‘zbekiston–2030» – 2026-yilga qadar kambag‘allik darajasini ikki baravar qisqartirish maqsadini ko‘zda tutadi», – deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, 2023-yilga kelib, yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi  hamda hududiy «Inson» markazlari orqali taxminan 2,3 million ehtiyojmand oila davlat yordami bilan ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich 2017-yildagidan to‘rt baravar yuqori.

Pensiya va nafaqalar ham sezilarli – islohotlardan oldingi davrga nisbatan 1,5 baravarga ko‘proqqa oshdi.

2024-yil 1-noyabrdan amalga kiritilgan «Kambag‘allikdan farovonlikka» dasturi orqali oilalarga quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatilmoqda:

  • Barqaror bandlik va daromad oshirish;
  • Ta’lim va kasbiy o‘quvga yetarli imkoniyat yaratish;
  • Davlat kafolatlangan sog‘liqni saqlash xizmatlariga ega bo‘lish;
  • Ijtimoiy xizmatlarga kirish imkoni;
  • Turar joy sharoitini yaxshilash;
  • Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish;
  • Davlat idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va hamkorlik.

Shu kunga qadar 600 mingdan ziyod oila 1,3 millionta ijtimoiy xizmatdan foydalangan, shu jumladan sog‘liqni saqlash bo‘yicha 2,2 millionta xizmat ko‘rsatilgan.

Nashr, shuningdek, mamlakatda «Kambag‘al oilalar reyestri» yaratilgani, hozirda unda 667 ming oila (2,8 million kishi) ro‘yxatdan o‘tgani, bu ma’lumotlar esa kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlarini aniq baholashga yordam berishini yozadi.

«Samaradorlik bo‘yicha, 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida ro‘yxatdagi oilalarning kishi boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi 174 ming so‘mdan 338 ming so‘mgacha, ya’ni deyarli ikki baravar oshgan. 73 ming oila ilk bor rasmiy ish haqiga ega bo‘lgan, 150 ming oila esa kambag‘allikdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Barqarorlik nuqtai nazaridan esa oilalar qizil, sariq va yashil toifalarga ajratilgan bщlib, bu tizim yordamining manzilli bo‘lishini ta’minlaydi: qizil toifa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlansa, sariq toifa bandlik va malaka dasturlariga yo‘naltiriladi, yashil toifa esa kambag‘allikka qaytishning oldini oladi», – deyiladi maqolada.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar moddiy yordamdan tashqari, fuqarolarning daromad topishi, ish bilan ta’minlanishi va inson kapitali rivojlanishi uchun zamin yaratmoqda. Bu esa mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hissa qo‘shyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring