Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya AQShga «non-paper» yubordi: Ukraina bo‘yicha talablar o‘zgarmagan

Rossiya AQShga «non-paper» yubordi: Ukraina bo‘yicha talablar o‘zgarmagan

Rossiya 18–19 oktyabr kunlari AQShga rasmiy maqomga ega bo‘lmagan, ammo diplomatik ahamiyatga ega «non-paper» hujjatini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi AQSh hukumatidagi manbalariga tayanib xabar qildi.

Manbalarga ko‘ra, Moskva hujjatda Ukrainada tinchlikni ta’minlash uchun yana o‘zining avvaldan ma’lum bo‘lgan talablarini takrorlagan.

Jumladan, Donbass hududining to‘liq nazorati Rossiya tomoniga o‘tishi va NATO qo‘shinlarining Ukraina hududida joylashtirilishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi haqidagi talablar.

Qayd etilishicha, bu pozitsiya AQSh prezidenti Donald Tramp taklif etgan — front chizig‘i bo‘yicha janglarni to‘xtatish va jarayonni muzlatish tashabbusini rad etadi.

Tramp 17 oktyabr kuni Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng «urushni to‘xtatish va kelishuvga kelish vaqti kelgani» haqida bayonot bergan edi. Zelenskiy hamda qator Yevropa davlatlari rahbarlari bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Biroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidiga ko‘ra, hozirgi paytda o‘t ochishni to‘xtatish «bu — urushning chin sabablarini e’tibordan chetda qoldirish bo‘ladi». U, shuningdek, Rossiya «o‘z talablaridan» voz kechmasligini bildirdi.

Shuningdek, AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida ikki hafta ichida Budapeshtda o‘tkazilishi kutilgan uchrashuv, Reuters va NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, vaqtincha to‘xtatib turilgan.

Manba: zkfjoiezxztrlctl.oia7ds95vb0e.live

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring