AQSh Ukrainaga «Tomagavk» raketalarini bermaydi — Axios

Muzokaralar bilan tanish bo‘lgan ikki Axios manbasiga ko‘ra, AQSh prezidenti Oq uyda bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvda Vladimir Zelenskiyga hozirda uning ustuvor vazifasi diplomatiya ekanligini va Tomagavk raketalari bunga putur etkazishi mumkinligini aytgan.
Nashr manbalari AQSh va Ukraina prezidentlarining uchrashuvini «tanglik» va «qiyin» vaziyatda bo‘lib o‘tdi deb baholagan.
Manbalarda biri uchrashuv «baqir-chaqirsiz o‘tganini, ammo Tramp qattiqqo‘llik qilganini» aytgan.
«Tramp bir necha keskin bayonotlar berdi va ba’zi nuqtalarda uchrashuv juda hissiyotlarga boy bo‘ldi», – deya qo‘shimcha qilgan nashrning ikkinchi manbasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter