Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YeI Putin va Trampning Vengriyada uchrashishiga munosabat bildirdi

YeI Putin va Trampning Vengriyada uchrashishiga munosabat bildirdi

Yevrokomissiya Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Trampning Budapeshtdagi muzokaralarini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin sammit Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishga hissa qo‘shishi lozim.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi vakili brifingda ma’lum qildi, deya xabar beradi The Guardian. 

Yevrokomissiyaning qo‘shimcha qilishicha, YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalari RF prezidentining YeIga kirishini taqiqlashni o‘z ichiga olmaydi. 

Vladimir Putin va Donald Tramp 16-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida uchrashishga kelishib oldi. Aniq sana e’lon qilinmadi, biroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sammit yaqin ikki hafta yoki undan keyinroq o‘tkazilishi mumkinligini taxmin qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring