Mirobodda festival sabab avtomobillar harakati cheklanadi

Poytaxtning Mirobod tumanida transport vositalari harakati cheklanadi.
Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qism 16-oktyabr soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
"Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz", deyiladi Mirobod tumani hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter