Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mubin Mirzayev 8 yildan oshiqroq muddatga qamaldi

Mubin Mirzayev 8 yildan oshiqroq muddatga qamaldi

Foto: Sputnik

Soliq qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 8,2 yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchi Mubin Mirzayev (1969-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan, Soliq Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) va boshqalarga (jami 9 nafar) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.

Sudning hukmi bilan Mubin Mirzayev Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining “a” bandi (mansab vakolatini juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qilish) va 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 (uch) yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 (sakkiz) yil 2 (ikki) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Boshqa sudlanuvchilar (ular orasida muqaddam bir necha marta sudlanganlar ham bor) Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 184-moddasi (soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va boshqa moddalarning tegishli qismi va bandlari bilan aybdor deb topilib, ular 4 (to‘rt) yildan 9 (to‘qqiz) yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilishi ham belgilandi.

Tayinlangan jazolar sudlanuvchilarga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Yakunda raislik etuvchi tomonidan taraflarga sud hukmi mazmuni va unga nisbatan shikoyat berish tartibi hamda muddatlari tushuntirildi.

Ta’kidlash kerak, Mubin Mirzayev 2026 yil yanvar oyi oxirida ishdan olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring