Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi
Namanganda bank bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyatidagi banklardan birining bosh yuriskonsulti xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirmoqchi bo‘ldi.
U Namangan shahridagi xususiy tibbiy klinikalardan biri mazkur bankdan 2021-yilda olgan 16,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligidan foydalanishga uringan. Va garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklarning auksion savdolariga chiqarilishini 5-6 oyga cho‘zib turish va keyinchalik ularni klinikaga qaytarib berish masalasini ijobiy hal etish evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuriskonsult klinika rahbaridan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter