Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamova lavozimini tark etgan – manba
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Bahriddinovna Maxkamova o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda tahririyat manbasi ma’lum qildi.
Zulayxo Maxkamova mazkur lavozimga 2022-yil 21-noyabr kuni Prezident farmoni bilan tayinlangan edi. U yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
Unga qadar ham Zulayxo Maxkamova xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, oila institutini mustahkamlash hamda gender tenglik masalalari bilan bog‘liq davlat siyosatini amalga oshirish tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Bosh vazir o‘rinbosari sifatida u ijtimoiy sohani rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qator dasturlar ijrosini muvofiqlashtirib keldi.
Hozircha uning ushbu lavozimni tark etgani va Qo‘mitaga kim rais etib tayinlanishi haqida yaqin soatlarda rasmiy ma’lumot berilishi kutilyapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter