Oktyabrda 27 mingdan ortiq uy-joy oldi-sotdi bitimlari tuzilgan
Joriy yil oktyabr oyi davomida uy-joy oldi-sotdi bitimlari 12 foizga oshib, 27,1 mingtani tashkil etdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekiston uy-joy bozori dinamikasi bo‘yicha yangilangan tahlilida qayd etilishicha, bu 2023-yil avgustidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.
Eng katta oylik o‘sish Xorazm, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kuzatilib, bu hududlarda uy-joy oldi-sotdi bitimlari o‘rtacha 26 foizga ko‘paygan.
Oktyabr oyida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar dinamikasi ham biroz tezlashdi. Bir oy ichida 1 kv.m. uchun o‘rtacha narx 2,4 foizga oshdi, sentyabrda bu ko‘rsatkich 0,6 foiz bo‘lgan edi.
Oktyabr oyida Toshkentda o‘rtacha ijara narxlari o‘tgan oy darajasida qolib, 1 kv.m uchun 8,5 dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yil oktyabriga nisbatan Toshkentda uy-joy ijara narxlari 1,6 foizga oshdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter