O‘zbekistonda bir yilda 11 mingdan ortiq erkak o‘zidan katta yoshli ayolga uylangan
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan 11 040 ta nikohda kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan.
Bunday nikohlar eng ko‘p Toshkent shahri, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida, eng kam Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida quyidagicha:
- Toshkent shahri — 1 809 ta;
- Xorazm viloyati — 1 066 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 995 ta;
- Buxoro viloyati — 979 ta;
- Samarqand viloyati — 967 ta;
- Toshkent viloyati — 928 ta;
- Surxondaryo viloyati — 850 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 772 ta;
- Farg‘ona viloyati — 715 ta;
- Namangan viloyati — 509 ta;
- Andijon viloyati — 486 ta;
- Jizzax viloyati — 373 ta;
- Navoiy viloyati — 351 ta;
- Sirdaryo viloyati — 240 ta.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter