O‘zbekistonda 6 oyda baliq ovlash hajmi 37 foizga oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 75,3 ming tonna baliq ovlangan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 37,1 foizga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Xorazm viloyatida qayd etildi. Viloyatda yarim yil davomida 12,6 ming tonna baliq ovlangan. Keyingi o‘rinlarda Namangan viloyati 8,4 ming tonna va Toshkent viloyati 7,5 ming tonna bilan qayd etildi.
Andijon viloyatida 7,1 ming tonna, Sirdaryo viloyatida 6,5 ming tonna va Jizzax viloyatida 6 ming tonna baliq ovlangan.
Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 5,8 ming tonnani, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5,4 ming tonnani, Navoiy viloyatida esa 5,2 ming tonnani tashkil qildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida 4,1 ming tonna, Buxoro viloyatida 2,9 ming tonna, Surxondaryo viloyatida 2,4 ming tonna va Qashqadaryo viloyatida 1,5 ming tonna baliq ovlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter