O‘zbekistonda salkam 5 mln kishi ko‘pqavatli uylarda yashashi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda 4,8 mln kishi ko‘p qavatli uylarda yashashi ma’lum bo‘ldi.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 4,8 mln nafari ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda istiqomat qiladi.
Bu jami aholining 12,4 foizini tashkil etadi.
Aholining yashash joyi turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- shaxsiy yakka tartibdagi hovlilarda yashovchilar — 33,3 mln kishi (85,3 foiz);
- ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda yashovchilar — 4,8 mln kishi (12,4 foiz);
- boshqa turdagi turar joylarda yashovchilar — 927,3 ming kishi (2,3 foiz).
Boshqa turdagi turar joylarga dala hovli, yotoqxona, mehmonxona va boshqa yashash joylari kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter