O‘zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi ochiqlandi

O‘zbekiston aholisining 56 foizi mehnatga layoqatli ekani ma’lum bo‘ldi. Mehnatga layoqatdan kattalar esa salkam 12 foizni tashkil etmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilning 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 37,9 mln kishini tashkil etgan.
Doimiy aholi sonining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 12,2 mln kishi (32,2 %);
- mehnatga layoqatli yoshdagilar – 21,2 mln kishi (56 %);
- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 4,5 mln kishi (11,8 %).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston aholisi 38 million kishiga yaqinlashgani haqida xabar bergandi. Aholi soni o‘rtacha 1,7-1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter