O‘zbekistondagi eng keksa urush qatnashchisi vafot etdi
O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot kotibi Ahror Sodiqov ma’lum qildi.
Qashqadaryo viloyatidan Ikkinchi jahon urushida 47 ming 51 nafar, shu jumladan, 95 nafar xotin-qiz qatnashgan.
Shundan 22 ming 77 nafari o‘z yurtiga sog‘-omon qaytgan. Ular safida qamashilik Ro‘ziboy bobo Sattorov ham bor edi.
Ro‘ziboy Sattorov Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan bo‘lib, Stalingrad frontida o‘qchi bo‘lib xizmat qilgan.O‘tgan yili prezident topshirig‘i bilan Qarshi shahriga samolyot yuborilgan va Ro‘ziboy Sattorovning istagi amalga oshib, Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyotda parvozni amalga oshirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter