O‘zbekistonga 35 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida jami 35 ming 401 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan.
Statistikaga ko‘ra, tibbiy turizm yo‘nalishida mamlakatga eng ko‘p tashrif buyurganlar Tojikiston fuqarolari bo‘lib, ularning soni 19 ming 96 nafarni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iz Respublikasi 9 ming 552 nafar va Qozog‘iston 4 ming 582 nafar fuqaro bilan qayd etilgan. Bu uch davlat umumiy tibbiy turistlar oqimining asosiy qismini tashkil qildi.
Hisobot davrida Afg‘onistondan 1 ming 280 nafar fuqaro davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Rossiyadan tashrif buyurgan tibbiy turistlar soni 772 nafarni tashkil etgan. Yana 119 nafar xorijlik boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter