Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlashi mumkin

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlashi mumkin

O‘zbekiston Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi va Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex ishtirokida o‘tgan muzokaralar yakunida qator kelishuvlarga erishildi.

Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi mutaxassislari Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida ishlashga tayyorlanadi hamda yuqori malakali ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Loyiha doirasida nomzodlarni chex tiliga o‘qitish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, dual ta’lim dasturlarini joriy etish, shuningdek, diplom va malakalarni tan olish jarayonlarini soddalashtirish rejalashtirilgan.

Mazkur dasturni 2026-yil sentyabr oyidan amalga oshirish boshlanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring