Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi sohalardan shikoyat qilayotgani aytildi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi sohalardan shikoyat qilayotgani aytildi

Yig‘ilishda Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.

O‘tgan yili Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamayganini, aholi ko‘targan masalalarning 60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotganini ta’kidladi. Lekin qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Masalan, Toshkent shahrida 170 ming va Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.

Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi Sergelidan oqib o‘tadigan «Junariq» kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.

Holat ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring