Prezident bir guruh shifokorlarni taqdirladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh shifokorlarni mukofotladi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Abdinazarova Karamat - Paxtakor tumanidagi «Mingchinor» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Jizzax viloyati
Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar neonatal xirurgiyasi bo‘limi mudiri
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Ziyayev Maxammat Mamirovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Toshloq tumani bo‘limi haydovchisi, Farg‘ona viloyati
Irgashev Shuxrat Boisovich - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi preventiv tibbiyot – valeologiya asoslari kafedrasi professori
Yaqubova Rano Abdullayevna - Tuproqqal’a tumanidagi «Shixlar» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Xorazm viloyati
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Gadayev Abdigaffar - Toshkent davlat tibbiyot universitetining oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi professori
Kabulov Mels - Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi professori
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Abdusalamova Kimiyo Kushanovna - Ko‘kdala tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati
Akbarov Murat Turgunovich - Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri
Aliyeva Marxaboxon Nosirovna - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg‘ona viloyati
Gaffarov Isokul Sayitkulovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Payariq tumani bo‘limi «Chelak» punkti haydovchisi, Samarqand viloyati
Djabbarova Dodar Raximovna - Yashnobod tumanidagi «Lor mama» xususiy klinikasi bosh shifokori, Toshkent shahri
Yerimbetova Indira Oralbayevna - Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya bo‘limi mudiri
Isaqova Barnoxon Anvarovna - Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi pediatri, Andijon viloyati
Nurova Zamira Annakulovna - Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filiali tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati
Raximov Baxodir Baxranovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xatirchi tumani bo‘limi haydovchisi, Navoiy viloyati
Suyarova Zebo Isroilovna - Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati
I darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Gulamova Risolat Sadikovna - Sayxunobod tumanidagi 21-oilaviy poliklinikasi patronaj doyasi, Sirdaryo viloyati
Nazarov Abdukayum Abduxalilovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Yangi Namangan tumani bo‘limi feldsheri, Namangan viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Aliyeva Jamila Azadovna - Xiva shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokor-onkoginekologi, Xorazm viloyati
Alimdjanov Nusratdjan Amildjanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endokrin xirurgiya bo‘limi mudiri
Altibayev Uyg‘un Uchkunovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining neyroxirurgiya bo‘limi mudiri
Axmadjonov Orifjon Ne’matjonovich - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri
Baxadirxanov Muxamedzarif Muxamed Kabirovich - Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining operatsiya bo‘limi mudiri
Djumayeva Mexriniso Abdulxamidovna - Qumqo‘rg‘on tumanlararo perinatal markazining chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri, Surxondaryo viloyati
Djumaniyazov Djavoxir Azatbayevich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi mudiri
Yesenbayev Puxarbay Qazakbayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qonliko‘l tumani bo‘limi avtokorxonasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Imomberdiyeva Rajabbuvi Biyjanovna - Chirchiq shahridagi «Dilchehra» xususiy klinikasi rahbari, Toshkent viloyati
Qurbonov Doniyor Oltinovich - Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati
Qurbonov Hoshim Narzimuradovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Baxmal tumani bo‘limi haydovchisi, Jizzax viloyati
Mavlonova Extibor Shukrulloyevna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Zarafshon shahar bo‘limi shifokori, Navoiy viloyati
Madreymova Gulparshin Imamaddinovna - Taxtako‘pir tumanidagi «A.Adilov» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Maxkamov Maxkamjon Kozimovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining qon tomir neyroxirurgiyasi bo‘limi mudiri
Ochilov Anvar Samarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax viloyati filiali anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri
Reshetnyak Marina Yurevna - Yakkasaroy tumanidagi 58-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent shahri
Rustamov Baxt Yerashimovich - «Ezgu niyat» ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yurak-qon tomir jarrohi, Toshkent shahri
Sattarova Gulnara Alobidinovna - Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining proktologiya bo‘limi jarrohi
Safarov Sunnatulla Satorovich - Ishtixon tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati
To‘lakov Ravshan Panjiyevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filiali direktori
Umurzakov Kosimjon Xolmirzayevich - Andijon shahridagi «Great Medical» mas’uliyati cheklangan jamiyati shifokori, Andijon viloyati
Hotamov Bahodir Ravshanovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining G‘ijduvon tumani bo‘limi «Og‘itma» punkti haydovchisi, Buxoro viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abas-zada Nigina Jahangir qizi - UNFPA tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili
Avazov Komiljon Jurayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Shahrisabz tumani bo‘limi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati
Atajanova Ra’no Shadibayevna - Mirzacho‘l tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Jizzax viloyati
Varfolomeyeva Tatyana Aleksandrovna - U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy asab kasalxonasi bo‘lim mudiri
Jaybergenova Gulnara Muratbayevna - Qorao‘zak tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi neonatologi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Korneliya Beker - Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi sog‘liqni saqlash dasturi direktori
Obeyd Mustafa - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardioxirurgiya bo‘limi mudiri
Rexina Mariya Kastillo Rodriges - YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari
Sankavets Dmitriy - Belarus Respublikasi «Ona va bola» ilmiy-amaliy markazining bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
Suxova Lyudmila Vyacheslavovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Bo‘stonliq tumani bo‘limi katta feldsheri, Toshkent viloyati
Turdaliyeva Dilfuza Mamadaliyevna - Pop tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Namangan viloyati
Xalak-Dina Ashina - Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari
Yusupov Sulaymonqul Ibragimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Avazova Muqaddas Binoyevna - Angor tumanidagi «Q.Tulakov» oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Surxondaryo viloyati
Jumanov Zoir Yuldashovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Gurlan tumani bo‘limi haydovchisi, Xorazm viloyati
Jurayeva Sadoqat Uktamovna - Navoiy shahridagi «Logo Effect Sadoqat» imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan xususiy muassasasi rahbari, Navoiy viloyati
Kambarova Sanobar Kurbonboyevna - Sardoba tumanidagi 26-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Sirdaryo viloyati
Kamolova Xulkarxon Sadriddinovna - Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 61-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Namangan viloyati
Karimov Komil Olimjonovich - Parkent tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati
Kurbonova Radxa Raxmatullayevna -Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri
Kuchkarova Munira Kaxramanovna - Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktorining o‘rinbosari
Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna - Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ilmiy laboratoriyasi mudiri
Marimova Erkinoy Koziyevna - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining chaqaloqlar bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mexmonaliyeva Nodira Tolibovna - Dang‘ara tumanidagi 31-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg‘ona viloyati
Polvanova Adolat Otaboyevna - Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Xorazm viloyati
Rajabova Mamlakat Ikromovna - Romitan tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Buxoro viloyati
Tashbayev Nuriddin Sarayevich - Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining strategik rejalashtirish, axborot-tahlil va ijro intizomi bo‘limi boshlig‘i
Umarov Baxrom Yaminovich - Andijon viloyati ftiziatriya klinik shifoxonasining davolash bo‘limi ftiziatri
Fozilbekov Ruzikul Anarkulovich - Toshkent shahridagi «Akfa medline» klinikasining ginekologiya bo‘limi mudiri
Yuldasheva Gulnora Djasurovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Jizzax viloyati filiali shifokori
Yusupov Saminjon Absattarovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Quyi Chirchiq tumani bo‘limi haydovchisi, Toshkent viloyati
Yaxshilikova Feruza Nuridinovna - Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi bosh hamshirasi, Samarqand viloyati


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter